SHARQ GAVHARI BAROQXON MADRASASI
Sharq gavhari — yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, go'zal obidalar tarixi, ular haqida ma'lumotlar taqdim etuvchi loyiha! Dasturlarimiz davomida go'zal maskanlarimiz sari birgalikda sayohat qilamiz.
Bu loyihada Baroqxon madrasasi haqida so'z yuritilgan.
Elyor Karimov, Abu Bakr al-Qaffal al-Shashi
Доктор исторических наук Эльёр Каримов в передаче «Из сокровищницы времени» об Абу Бакре Мухаммад ибн Али аш-Шаши — исламском богослове 10 века, правоведе шафиитского мазхаба, хадисоведе и лингвисте. С его именем связывают распространение шафиитского мазхаба в Мавераннахре
Автор Шахло Мамарасулова. Режиссёр Наима Холмирзаева. 2001 год.
Abu Bakr al-Qaffal al-Shashi – a leading early Shafiʿi jurist credited with spreading the Shafiʿi school in Transoxania displacing the previously prevalent Hanbali school, al-Qaffal was born in Shash, now Tashkent.
Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi, 19.10.2016y. (3-qism)
TIVK raisi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning OAV vakillari uchun yakuniy brifingdagi nutqi
SAMARQANDGA TASHRIF: HAYRAT VA HAVAS
Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkentda o‘tgan 43-sessiyasi ishtirokchilari 19-oktabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.
Buyuk Yo‘lboshchimizning mustaqil O‘zbekiston davlatini barpo etish va uni har tomonlama rivojlantirishdagi beqiyos xizmatlari yodga olindi. Yurtimizdagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, buyuk ajdodlarimiz nomi bilan bog‘liq maskanlarni obod etish, xalqimizning ma’naviy merosini tiklash va asrab-avaylash borasida Birinchi Prezidentimiz ulkan jasorat, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatgani alohida ta’kidlandi.
Mehmonlar Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli, Mirzo Ulug‘bek muzeyi va rasadxonasi bilan tanishdi.
– Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasiga juda katta tayyorgarlik ko‘rilgani va anjuman yuqori saviyada o‘tganini alohida ta’kidlamoqchiman, – deydi Iroq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Umar Berzinji. – Tadbir doirasida Toshkent va Samarqand shaharlaridagi muqaddas qadamjolar, ta’lim maskanlariga uyushtirilgan sayohatlar bizda ulkan taassurot qoldirdi. Ayniqsa, yer yuzining sayqali bo‘lgan Samarqand shahri, Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilish imkoniyati yaratilganidan benihoya xursandmiz. Bu safar hayotimizda shubhasiz unutilmas voqea bo‘lib qoladi. Buyuk muhaddis Imom Buxoriy hazratlari mangu orom topgan maskanning shunday ko‘rkam va ulug‘vor salobatidan hayratga tushdik.
– O‘zbekistonda muqaddas ziyoratgohlar, masjidlarni obod etish, ularni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar har qancha tahsinga sazovor, – deydi Mali tashqi ishlar vazirligi xodimi Ben Aziz Rakoni. – Bu davlatingizning ushbu sohaga alohida e’tibor ko‘rsatayotganidan dalolatdir. Xalqaro anjuman doirasida eng katta orzularimdan biri ushalib, muhaddislar sultoni Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish nasib etgani uchun Yaratganga behisob shukronalar aytaman. Majmuaning o‘ziga xos milliy arxitekturasi, obodligini ko‘rib lol qoldim. Ushbu maskanga yana kelishni niyat qildim.
Samarqand avtomobilsozlik kollejidagi ta’lim jarayonlari bilan tanishuv chog‘ida mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqaro andozalarga mos milliy ta’lim modelini yaratish borasida olamshumul ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi va sohaga oid boshqa qonunlar asosida zamon talablariga to‘la javob beradigan milliy ta’lim tizimiga asos solindi. Ayni paytda dunyoning ko‘plab mintaqalarida bolalarning o‘qishi og‘ir muammoga aylanib borayotgan bir paytda O‘zbekistonda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini o‘z ichiga olgan, davlat tomonidan kafolatlangan 12-yillik bepul majburiy ta’lim tizimi joriy etilgan. Buning natijasida mamlakatimiz yoshlari bilim olish bilan birga, kasb-hunar egallab, jamiyatda o‘z o‘rnini topmoqda. Mazkur muassasalar bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalasi ham davlatimizning doimiy e’tiborida ekani mehmonlar tomonidan alohida e’tirof etildi, o‘rgansa arzigulik tajriba sifatida qayd etildi.